Farg‘ona iqtisodiy-geografik rayoni mavzusidan test savollari



Farg‘ona iqtisodiy- geografik rayonida urbanizatsiya darajasi qancha?

Mamlakatda yetishtiriladigan paxtaning qanchasi Farg‘ona iqtisodiy- geografik rayoni hissasiga to‘g‘ri keladi?

Farg‘ona iqtisodiy- geografik rayonining tog‘ oralari va yonbag‘irlarida qaysi qishloq xo‘jaligi tarmog‘i rivojlangan?

O‘zbekistonda yetishtiriladigan pillaning qanchasini Farg‘ona iqtisodiy- geografik rayoni beradi?

Farg‘ona iqtisodiy- geografik rayonidagi elektr majmualari rayon ehtiyojini qoplay olmaydi. Shu sababli qayerda quwati 900 megaVatt bo‘lgan yangi IES qurish rejalashtirilmoqda?

Andijon viloyatida paxtaning yalpi hosili qanday oshirilmoqda?

Andijon viloyatining qishloq xo‘jaligida qaysi tarmoq salmoqli o‘rin tutadi?

Andijon viloyatidagi sanoat korxonalari soni qancha?

Andijon viloyatining asosiy korxonalari qayerda joylashgan?

Kampirrovot suv omboridagi GESning quvvati qancha?

Xo‘jaobod gazi qaysi shaharlarni tabiiy gaz bilan ta’minlash uchun xizmat qiladi?

Mamlakatimizdagi eng yirik yerosti gaz ombori qayerda joylashgan?

“Obikor dehqonchilik markazida joylashgan. Neft, gaz va binokorlik materiallari konlari shaharning shundoq yonida. Shaharda 40 ga yaqin sanoat korxonasi ishlab turibdi”. Yuqoridagi ta’rif qaysi shaharga tegishli?

Asaka shahri tabiiy jihatdan qayerda joylashgan?

Mamlakatimizning yirik avtomobilsozlik markazi- bu …

Farg‘ona viloyati yalpi sanoat mahsulotlari hajmiga ko‘ra mamlakatimizda nechanchi o‘rinda turadi?

Farg‘ona viloyatida ekin maydonlarining asosiy qismiga qanday turdagi ekinlar ekiladi?

Farg‘ona viloyatida bug‘doy va arpa qanday yerlarga ekiladi?

Farg‘ona viloyati qanday turdagi qishloq xo‘jalik mahsulotlari yetishtirish bilan dong taratgan?

Farg‘ona viloyati mamla-kat pillasining qancha qismini beradi?

Farg‘ona viloyatida neftni qayta ishlaydigan zavodlar qaysi shaharlarda joylashgan?

Farg‘ona viloyatida nechta shahar bor?

Farg‘ona shahrining bosh rejasiga ko‘ra, yillar o‘tib Farg‘ona va Marg‘ilon shaharlari bilan qaysi shaharchalar tutashib yagona shaharni tashkil etadi?

Ipak sanoati ilmiy- tadqiqot instituti qayerda joylashgan?

Quvasoy shahriga qachon asos solingan?

Rishton shahri ….

Farg‘ona iqtisodiy- geografik rayonida aholi qaysi hududda siyrak joylashgan?

Andijon viloyatidagi yengil sanoat korxonalarining eng yirigi qaysi?

“Movarounnahrda Samarqand va Kesh qo‘rg‘onidan so‘ng mundin ulug‘roq qo‘rg‘on yo‘qtir. Uch darvozasi bor … To‘qqiz tarnov suv kirar. Bir ajabdurkim, bir yerdan chiqmas … Eli turkdir”. Ushbu satrlar kimga tegishli?

Hozirgi kunda Rishton kulolchilik kombinati necha xildan ortiq mahsulot ishlab chiqarmoqda?