Ahmad Yassaviy mavzusidan test savollari



Qaysi adib Yassaviyni “Piri Turkistoniy” deb atagan?

Qaysi adibYassaviyni “Shayxul mashoyix” deb ta’riflaydi?

Qaysi olim Yassaviy haqida ilk bor ilmiy tadqiqot ishlarini olib borgan?

Rivoyatlarga ko‘ra, Ahmad Yassaviyga bolaligida Arslonbob degan shayx unga Muhammad payg‘ambarning omonatini topshiradi. Ushbu omonot nima edi?

Ibrohim, Mansur, Gavhari Shahnoz qaysi adibning farzandlari hisoblanadi?

Rus turkologi V. A. Gordlovskiy va Ko‘pruluzoda Yassaviyning necha yil umr ko‘rgan deb taxmin qilishadi?

Yaldo kechasini shami shabiston etgan,

Bir lahzada olamni guliston etgan,

Bir mushkil ishim tushubdir, oson etgin,

Ey, barchani mushkulin oson etgin.

 Amir Temur “Anqara jangi” oldidan ushbu to‘rtlikni necha marta takrorlagan edi?

Yassaviy qanday ta’limot asoschisi sanaladi?

Kimning ma’lumotiga ko‘ra, Yassaviy o‘z masjidi tepasiga “Talabul ilm farizatun ala kulli muslimin va muslimatin” hadisini yozib qo‘ygan?

Tasavvufda faqir nega 4 bosqichni o‘tashi lozim.

Yassaviy 63 yoshida yer ostiga uzlatga chekinadi. Adib buning sababini nima bilan izohlaydi?

Qadim sharq falsafasiga ko‘ra inson nimalardan yaratilgan?

Yassaviy hikmatlarida tuproq nimaning ramzi hisoblanadi?

Tariqatning asosiy unsurlaridan hisoblangan tafrid so‘zining ma’nosini aniqlang.

“Ilmsiz tirik o‘likdir,O‘zi hayot bo‘lsa hamNomi o‘likdir”. Ushbu hikmat muallifini aniqlang.

“Ko‘ni bo‘l, ko‘nilik qil, atan ko‘ni,

Ko‘ni tiyu bilsun xaloyiq seni.”

(Ahmad Yugnakiy)

Ushbu misradagi ko‘ni so‘zining ma’nosini izohlang.

… mol- dunyoga quldir,

…ga mol- dunyo quldir.

Tushirib qoldirigan so‘zlarni aniqlang?

Aruzning “mutaqorib” bahrida yaratilgan asarni ko‘rsating.

Yassaviyning ilk ustozi kim edi?

Yassaviy haqida ikki kitobdan iborat roman yozgan adibni aniqlang.

Jadid adabiyoti vakillaridan qaysi biri Yassaviy va uning ijodiy qiyofasi haqida maqola yozgan?

Qaysi shahar “Madinat ul- bayzo” nomi bilan mashhur bo‘lgan?

Turkiy xalqlar orasidan yetishib chiqqan birinchi so‘fiy, tasavvufning buyuk vakilini aniqlang.

Yassaviy hikmatlari asosan qaysi vaznda yozilgan?

Tasavvufda soim deb kimni atashadi?

Tariqat so‘zining lug‘aviy ma’nosini aniqlang.