Muhammad Yusuf mavzusidan test savollari



Suyukli yorni “kipriklari uzun kokillaridan”, “barcha farishtalar sening qalbingda ijarada turgan qizlar men uchun”,- deya ta’riflagan shoir nomini belgilang.

Muhammad Yusufning “Mehr qolur, muhabbat qolur” nomli she’ri qaysi shaklda yozilgan?

Muhammad Yusuf dostoni qaysi javobda berilgan?

Mehr muhabbat qachon “dunyoni tor ayladi”? Shunday ekan kimlarga dunyo tor ko‘rinadi?

Tilimizda “nekbin tuyg‘ular” degan ibora bor. Ushbu ibora ma’nosini aniqlang.

Muhammad Yusuf o‘zining qaysi she’rida suvlarda Tohirning oqib ketganini va Zuhroning bag‘ri qon bo‘lib yig‘lab qolganini takidlaydi?

Muhammad Yusuf o‘zining qaysi she’rida olislarda qolgan Usmonlar borligi va jayrondek termulguchi Cho‘lponlar haqida so‘z yuritadi?

“Guruch kurmaksiz bo‘lmaganidek, yov kelganda o‘zini chetga olgan, jon shirinlik qilib sha’nidan kechgan, hatto do‘stlarini sotgan kimsalar haqida”.

Muhammad Yusuf o‘zining qaysi she’rida so‘z yuritadi?

“Iymanib yashama xayol pinjida

Yoyil yayra jonim o‘rtanma g‘amda”

Yuqoridagi satrlar Muhammad Yusufning qaysi she’ridan keltirilgan?

“Kiprigi ko‘ksiga soya solgan qiz” ta’rifi kimning qaysi asarida uchraydi?

Yurtning “Yulduzini yig‘latgan dostonlardan xabardormisiz” aynan shunday dostonlar haqida Muhammad Yusufning qaysi she’rida so‘z boradi?

Muhammad Yusufning dastlabki she’rlaridan namunalar qaysi gazetada e’lon qilingan?

1978- 1980- yillarda respublika “Kitobsevarlar” jamiyatida ishlab foliyat olib borgan adib qaysi qatorda to‘g‘ri berilgan?

Muhammad Yusuf G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyotida xizmat qilgan paytlarda nashriyot rahbarligi lavozimida faoliyat olib borgan shaxs nomi qaysi qatorda to‘g‘ri berilgan?

Muhammad Yusufning dastlabki she’ri e’lon qilingan dan qancha vaqt o‘tib uning dastlabki she’ri e’lon qilindi?

“Iltijo”, “Ishq kemasi” she’riy to‘plamlari muallifi qaysi qatorda to‘g‘ri berilgan?

Muhammad Yusufning 1992- yilda nashr etilga she’riy to‘plamlari qaysi qator to‘g‘ri berilgan?

Muhammad Yusufning dostonlari qaysi qatorda to‘g‘ri berilgan?

Muhammad Yusuf 1998- yilda qanday unvon bilan mukofatlandi?

47 yil umr ko‘rgan adiblar qatorini aniqlang.

Tilimizda “nekbin tuyg‘ular” degan ibora qanday ma’no ifodalaydi?

Shoir shunday ko‘pki, ularga yer tor,

Hammasi mashhur va hammasi nomdor.

Ushbu satrlar M. Yusufning qaysi she’ridan olingan?

Oy mening yelkamga o‘tirib olgan,

Oftob g‘avg‘o solar yurgan yo‘limga.

Ushbu misralar muallifini aniqlang.

Ozarbayjon shoiri Samad Vurg‘un “Yiqilsin mehvari olam va tubdan tor- mor o‘lsin” misralari hamohang M. Yusufga tegishli bo‘lgan misrani aniqlang.

M. Yusufning qaysi she’ri qahramoni, umrini ko‘ngliga topshirib qo‘ygan deb tasvirlanadi?

Muhabbat dardidan dardman qalblarmiz,

Kasal bo‘lsak ne tong sog‘lar o‘rtasida.

Ushbu iste’hzoli misra muallifini toping.

Ko‘zimning yoshini keladi ichgim,

Tilimni chaynagim kelar gohida.

Misralar muallifini aniqlang.