O‘zbekistonda bu yilgi test sinovlari ham stadion va xiyobonlarda o‘tkazilishi mumkin


Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida 2021/2022 o‘quv yilida oliy ta'lim muassasalari bakalavriatiga qabul test sinovlarini o‘tkazish bilan bog‘liq yangiliklar, tayyorgarlik jarayonlariga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tmoqda.

O‘zbekistonda bu yilgi test sinovlari ham stadion va xiyobonlarda o‘tkazilishi mumkin.

Davlat test markazi boshqarma boshlig‘i Farhod Mirzayevning so‘zlariga ko‘ra, Davlat test markazi tomonidan testlarni o‘tkazish bo‘yicha ikki xil ssenariy ustida ishlanmoqda.

Ular:

  • test sinovlarini an'anaviy shaklda katta sig‘imli binolarda o‘tkazish;
  • pandemiya sharoitida test sinovlarini 2020 yildagi kabi ochiq maydonlarda o‘tkazish.

Ma'lum qilinishicha, test sinovi o‘tkaziladigan joylar tanlanadi va reja-chizmalari tayyorlanadi.

Kun.uz muxbiri xabariga ko‘ra, 50,4 ming abituriyent uchun mo‘ljallangan 103ta yopiq bino, 60,5 ming abituriyentga mo‘ljallangan 66ta stadion va xiyobon tayyorlanyapti.