2019-2020 o'quv yili imtihonlari uchun tasdiqlangan darsliklar ro'yxatini yuklab oling


Davlat test markazi matbuot xizmatining xabar berishicha, 2019/2020 oʻquv yilida oliy taʼlim muassasalariga kirish test sinovlarini topshiradigan abituriyentlar tomonidan qabul test sinovlariga tayyorgarlik koʻrish uchun qaysi darsliklardan foydalanish zarurligi haqida koʻplab savollar tushmoqda.

Ushbu savol boʻyicha quyidagilarni maʼlum qilindi:

-2019/2020 oʻquv yili oliy taʼlim muassasalari bakalavriatiga kirish qabul test sinovlariga tayyorgarlik koʻrish uchun taʼlimni boshqarish boʻyicha vakolatli davlat organlari tomonidan tavsiya etilgan darsliklardan foydalanish mumkin.

- Test topshiriqlari amaldagi tartibga binoan (Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 3 apreldagi 261-sonli qarorining 8-bandi) “umumiy oʻrta va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimining umumtaʼlim fanlari oʻquv dasturlariga muvofiq tuziladi".

- Joriy yilda test sinovlariga tayyorgarlik koʻrishda foydalanishga tavsiya etilgan darsliklar bilan birgalikda oʻquv dasturlarida oʻrganish nazarda tutilgan ayrim badiiy adabiyotlar keltirilgan. Test topshiriqlari ham ushbu badiiy adabiyotlardan tuziladi, mazkur adabiyotlarni toʻliq oʻqib chiqish tavsiya etiladi (DTMning saytida darsliklar roʻyxatining past qismida izoh berilgan).

Qaysi darsliklardan foydalanish xususida:

Quyidagi turdagi darsliklar mavjud:

- Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun tavsiya etilgan darsliklar;

- 10-sinf va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi taʼlimi muassasalari oʻquvchilari uchun tavsiya etilgan darsliklar, 11-sinf va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari oʻquvchilari uchun tavsiya etilgan darsliklar.

Boʻlajak abituriyentlar oʻzi oʻqiydigan (yoki bitirgan) taʼlim muassasasi uchun tavsiya etilgan darsliklarni oʻqish zarur, boshqa taʼlim turi yoki taʼlim muassasalari uchun tavsiya etilgan darsliklarni oʻqish talab etilmaydi.

Test topshiriqlari tegishli taʼlim muassasalari uchun tavsiya etilgan oʻquv dasturlari asosida tuziladi. Abituriyentlar uchun savollar kitobini shakllantirishda ular bitirgan taʼlim muassasa turi, ushbu turdagi taʼlim muassasalarida foydalanishga tavsiya etilgan darsliklar inobatga olinadi.

2019-2020 oʻquv yiliga oʻtkaziladigan qabul test sinovi uchun test topshiriqlari tuziladigan darsliklar roʻyxati:

Fan Til Yuklab olish
Biologiya QoraqalpoqYuklab olish
Biologiya O‘zbek Yuklab olish
Biologiya Rus Yuklab olish
Fizika QoraqalpoqYuklab olish
Fizika O‘zbek Yuklab olish
Fizika Rus Yuklab olish
Fransuz tili FransuzYuklab olish
Geografiya QoraqalpoqYuklab olish
Geografiya O‘zbek Yuklab olish
Geografiya Rus Yuklab olish
Informatika QoraqalpoqYuklab olish
Informatika O‘zbek Yuklab olish
Informatika Rus Yuklab olish
Ingliz tili Inglizcha Yuklab olish
Kimyo QoraqalpoqYuklab olish
Kimyo O‘zbek Yuklab olish
Kimyo Rus Yuklab olish
Matematika QoraqalpoqYuklab olish
Matematika O‘zbek Yuklab olish
Matematika Rus Yuklab olish
Nemis tili NemisYuklab olish
Ona tili O‘zbek Yuklab olish
Qoraqalpoq tili QoraqalpoqYuklab olish
Rus tili Rus Yuklab olish
Tarix QoraqalpoqYuklab olish
Tarix Rus Yuklab olish
Tarix O‘zbek Yuklab olish