Qoraqalpog‘iston agrar instituti va Namangan pedagogika institutiga yangi rektor tayinlandi


Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar institutiga Berdiyar Jollibekov, Namangan davlat pedagogika institutiga Bahodir Husanov rektor bo‘ldi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Namangan viloyatidagi 2 oliygohga yangi rektor tayinlash bo‘yicha hukumat qarori qabul qilindi.

Bahodir Husanov Namangan davlat pedagogika institutining rektori etib tayinlandi. Shu vaqtgacha mazkur lavozimda rektor vazifasini Murojxon Qodirxonov bajarib kelayotgandi.

Berdiyar Jollibekov esa Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar institutining rektori lavozimiga kirishdi. Shu vaqtgacha u mazkur oliygohning prorektori edi.