Talabalar uchun Ekologiya stipendiyasi ta’sis etiladi


Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri stipendiyasi ta’sis etiladi

2023-yil 1-sentabrdan boshlab oliy ta’lim muassasalarining ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish, o‘rmonchilik, “yashil" iqtisodiyot va gidrometeorologiya va boshqa talab yuqori bo‘lgan yo‘nalishlaridagi eng iqtidorli talabalari uchun Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri stipendiyasi ta’sis etiladi.

Bunda, to‘lov-kontrakt asosida ta’lim olayotgan talabalarning bir yillik to‘lov-kontrakt summasi qoplangan holda, har oyda bazaviy hisoblash miqdorining 3 baravarida, davlat granti asosida ta’lim olayotgan talablarga har oyda bazaviy hisoblash miqdorining 6 baravarida Ekologiya jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan stipendiyalar tayinlanadi.