16 yoshga to‘lgan maktab bitiruvchilari ID karta olmasa, OTMga hujjat topshira olmaydi


16 yoshga to‘lgan maktab bitiruvchilari o‘z vaqtida ID karta olishi kerak – MMTV

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligiga ko‘ra, abituriyentlar OTMga kirishi, tegishli hujjatlarni onlayn topshirishi uchun bitiruvchilarning ID karta ma’lumotlarini ABITUR elektron dasturiga kiritish talab etiladi.

“Farzandingizning konstitusiyaviy huquqidan foydalangan holda, 16 yoshga to‘lgan farzandlaringizni o‘z vaqtida ID karta olishini ta’minlashingizni, maktab ma’muriyatidan esa bitiruvchilarning ID karta ma’lumotlarini e.shahodatnoma.uz/ manziliga kiritib, ularni kelgusida OTMga hujjat topshirishida zarur ko‘mak berishingizni so‘raymiz", deyiladi vazirlik murojaatida.