Har yili 500 nafar yoshlar xorijning nufuzli oliygohlariga o‘qishga yuboriladi


7 yillik strategiyada, shuningdek, o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligini 78 yoshga yetkazish, tug‘uruq o‘rinlari sonini 35 foizga oshirish, 2026 yilgacha kambag‘allikni 2022 yilga nisbatan 2 barobarga qisqartirish kabi maqsadlar ham o‘rin olgan.

“O‘zbekiston–2030" strategiyasining “Har bir insonga o‘z salohiyatini ro‘yobga chiqarishi uchun munosib sharoitlarni yaratish" yo‘nalishidagi maqsadlari belgilandi.

Yoshlarga oid davlat siyosati va sport yo‘nalishlaridagi islohotlar

  • har yili 500 nafar iste’dodli yoshlarni xorijning nufuzli oliygohlariga o‘qishga yuborish;
  • yoshlarning ishsizlik darajasini 14 foizdan 11 foizga kamaytirish.