Oltin va kumush medallar kimlarga beriladi?


Oltin medal umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining 9-sinfini bitirganlik to‘g‘risidagi a’lo darajali shahodatnomasi mavjud bo‘lgan, umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining 10- va 11-sinflarida barcha fanlar bo‘yicha yakuniy nazoratlar, choraklik va yillik baholari a’lo bo‘lgan, namunali xulq-atvorli va jamoat ishlarida faollik ko‘rsatgan bitiruvchilarga beriladi.

Kumush medal uchun esa yillik baholar a’lo bo‘lishi yetarli.

Oltin va kumush medallarni belgilangan talablar asosida berilishiga maktab direktori javobgar.