Ayollar daftariga kiritilgan xotin-qizlar farzandlarining to‘lov-kontraktining qanchasi to‘lab beriladi


Qonunchilikka ko‘ra, O‘zbekistondagi oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan (ta’lim shaklidan qat’iy nazar) “Ayollar daftari"ga kiritilgan ehtiyojmand xotin-qizlar yoxud ularning oliy ta’limda tahsil olayotgan ikki va undan ortiq farzandlarining bir nafariga bir marotaba BHMning 15 baravarigacha (4 mln 950 ming so‘mgacha) to‘lov-kontraktini to‘lab berish belgilangan.