Magistraturaga hujjatlar qabuli o‘z yakuniga yetdi


2023/2024-o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim muassasalarining magistratura mutaxassisliklariga qabul bo‘yicha magistr.edu.uz elektron tizimi orqali onlayn 20 054 nafar abituriyent ariza yuborgan.

Hozirda kelib tushgan hujjatlar tuzilgan ishchi guruhi tomonidan ko‘rib chiqish jarayonida. Bunda abituriyentlarning bakalavriat diplomi ilovasidagi ballarning o‘rtacha ko‘rsatkichi hisoblanib, yuklangan til sertifikatlarining haqiqiyligi tekshirilmoqda.

Talabgorlar magistr.edu.uz platformasidagi shaxsiy kabinetlari orqali o‘z arizalarining bosqichma-bosqich ko‘rib chiqish holatini kuzatib borishlari mumkin.

Hujjatlar ishchi guruhi tomonidan to‘liq ko‘rib chiqilganidan so‘ng, yakuniy natija yuzasidan qo‘shimcha axborot beriladi.